Foydalanuvchi kelishuvi

1. Umumiy qoidalar

Saytdan foydalanib, siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Sayt haydovchilik nazariy imtihoniga tayyorlanish uchun mo'ljallangan o'quv vositasidir va rasmiy imtihon tizimi hisoblanmaydi.

2. Akkaunt

Har bir foydalanuvchi o'z akkauntidan foydalanadi. Akkauntni boshqalarga berish, parolni oshkor qilish taqiqlanadi. Avtomaktab o'quvchilariga ID raqam va PIN kodni ustoz beradi.

3. Obuna va to'lov

Pullik obuna to'lov tasdiqlangan paytdan boshlab ko'rsatilgan muddatga (odatda 30 kun) amal qiladi. Obunasiz foydalanuvchilarga testni boshlashdan oldin reklama ko'rsatilishi mumkin. To'lovni qaytarish masalalari administrator bilan alohida ko'rib chiqiladi.

4. Mualliflik huquqi

Sayt materiallarini (savollar, rasmlar, videolar) nusxalash, skrinshot olib tarqatish, boshqa saytlarda e'lon qilish taqiqlanadi. Bunday holat aniqlansa akkaunt bloklanadi.

5. Javobgarlik

Sayt imtihondan o'tishni kafolatlamaydi. Rasmiy qoidalar va savollar o'zgarishi mumkin.