Maxfiylik siyosati
Ushbu sahifa avtotest platformasi (keyingi o'rinlarda — «Sayt») foydalanuvchilarining ma'lumotlari qanday yig'ilishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Ro'yxatdan o'tishda: familiya va ism, telefon raqam, parol (shifrlangan holda saqlanadi). Saytdan foydalanishda: yechilgan testlar, javoblar, natijalar va statistik ma'lumotlar. Imtihon xonasida: kompyuter raqami va imtihon vaqtidagi faollik (boshqa oynaga o'tish va h.k.).
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
Tizimga kirish, natijalarni saqlash, shaxsiy tavsiyalar berish, ustozga o'quvchi natijalarini ko'rsatish va obuna to'lovlarini hisobga olish uchun.
3. To'lovlar
To'lovlar Click, Payme yoki to'lov kartasi orqali amalga oshiriladi. Karta ma'lumotlaringiz Saytda saqlanmaydi — ular faqat to'lov tizimining o'zida kiritiladi.
4. Reklama va cookie fayllar
Saytda Google (AdSense / Ad Manager) kabi uchinchi tomon reklama xizmatlari ishlatilishi mumkin. Ular cookie fayllar orqali reklamani ko'rsatadi. Google reklama cookie fayllaridan foydalanishi haqida: policies.google.com/technologies/ads. Shaxsiylashtirilgan reklamani adssettings.google.com orqali o'chirishingiz mumkin. Sayt tizimga kirishni eslab qolish uchun o'zining zarur cookie faylidan foydalanadi.
5. Ma'lumotlarni himoya qilish
Ma'lumotlar Cloudflare infratuzilmasida shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi va saqlanadi. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
6. Ma'lumotlarni o'chirish
Akkauntingiz va natijalaringizni o'chirishni so'rash uchun Sayt administratoriga murojaat qiling (aloqa ma'lumotlari bosh sahifada).